“Yoʻlovchilar va qoʻl yukini havo transportida tashish umumiy qoidalari” (OʻZR AQ 195) Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsion qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1529-son)
05.12.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-dekabrda 1529-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 95-moddasiga asosan va meʼyoriy bazani takomillashtirish maqsadida Davavianazorat tomonidan “Havo transportida yoʻlovchilar va qoʻl yukini tashish umumiy qoidalari” (OʻzR AQ 195) Aviatsion qoidalari ishlab chiqildi, buyuraman:
1. “Yoʻlovchilar va qoʻl yukini havo transportida tashish umumiy qoidalari” (OʻzR AQ 195) Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsion qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Ishboshqaruvchi (Sh.N. Shamsiyeva) tomonidan devonxona (O.V. Demidenko) bilan hamkorlikda Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida Aviatsion qoidalarning koʻpaytirilib barcha ekspluatantlar va manfaatdor tashkilotlar)ga tarqatilishi taʼminlansin.
4. Mazkur buyruq bajarilishi ustidan nazorat Davavianazoratning aviatsion xavfsizlik boshqarmasi boshligʻi V.A. Rijkin zimmasiga yuklatilsin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksisi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-oktabr,
129-son
