Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-3696-son)
07.12.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-sentabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida”gi PQ–186-sonli qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartishlar kiritilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–745-sonli Farmonining 9-bandi va uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-dekabr,
PF–3696-son
