68-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish choralari
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Davlat qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlarining va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalari suvlaridan baliq ovlash, ov qilish, suv oʻsimliklari va organizmlarini yigʻish uchun foydalanish, shuningdek bunday suvlarning tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlariga oqova suvlarni oqizishga, shuningdek ularda gidromelioratsiya ishlarini oʻtkazishga ushbu Qonunda belgilangan talablarga rioya qilingan holda yoʻl qoʻyiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish rejimi qonunchilikda belgilanadi.
