64-modda. Suv obyektlaridan sport va havaskorlik yoʻli bilan baliq ovlash uchun foydalanish
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Suv havzalarida sport va havaskorlik yoʻli bilan baliq ovlashga ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga biriktirilgan joylarda ushbu jamiyatlarning ruxsatnomasi asosida bepul yoki haq evaziga ruxsat etiladi, bundan davlat qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining va davlat biosfera rezervatlarining hududidagi suv havzalari mustasno. Suv obyektlari yoki ularning ayrim uchastkalari ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda biriktirilishi mumkin.
Baliqchilik xoʻjaligi tashkilotlariga biriktirilgan tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida hamda hovuz xoʻjaliklarida, shuningdek ovchilik-baliq ovlash jamiyatlariga biriktirilgan joylarda sport va havaskorlik yoʻli bilan baliq ovlash ularning ruxsatiga koʻra amalga oshiriladi.
