58-modda. Yer osti suvlaridan texnika suv taʼminoti va boshqa sanoat maqsadlari uchun foydalanish
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Ichimlik suvlar qatoriga kiritilgan yer osti chuchuk suvlaridan ishlab chiqarish-texnika maqsadlari uchun foydalanish taqiqlanadi, zarur yer usti suv manbaalari mavjud boʻlmagan hududlarda foydalanadigan hollar bundan mustasnodir.
Ichimlik yoki shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilmagan yer osti suvlaridan (chuchuk, mineral va issiq suvlardan) foydalanishga loyiq tasdiqlangan zaxiralari boʻlsa, belgilab qoʻyilgan tartibda texnika suv taʼminoti uchun, mazkur suv tarkibidagi kimyoviy elementlarni ajratib olish, issiqlik energiyasi hosil qilish va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish talablariga rioya qilingan holda foydalanish mumkin.
