56-modda. Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv isteʼmolchilarining majburiyatlari
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv isteʼmolchilari, ushbu Qonunning 351-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, suv taʼminotining aylanma hamda takroriy tizimlarini joriy etish orqali suv sarfini kamaytirish va oqova suvlarning oqizib yuborilishini tugatish choralarini koʻrishi, shuningdek suvlarning radioaktiv ifloslanishi belgilangan normalardan oshishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Loyihalanayotgan va ishga tushirilayotgan sanoat obyektlari uchun suv taʼminotining toʻxtovsiz tizimidan foydalanishni nazarda tutish man etiladi, ishlab chiqarishning shart-sharoitlari taqozosi bilan aylanma suv taʼminotiga moslashtirilishi mumkin boʻlmagan korxonalar va boshqa obyektlar bundan mustasno.
Aylanma suv taʼminotiga ega boʻlmagan ishlab turgan korxonalar uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan suv xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda ularni suv taʼminotining toʻxtovsiz tizimiga oʻtkazish muddatlari belgilanadi.
