41-modda. Aholini markazlashgan tartibda suv bilan taʼminlash
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlarini markazlashgan tartibda suv bilan taʼminlash uchun suv obyektlaridan foydalanilganda, oʻzining kundalik boshqaruvida, egaligida yoki foydalanishida xoʻjalik-ichimlik vodoprovodlari boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar suv olish inshootlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalariga va ichimlik suv olish hamda uni isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomalariga muvofiq suv taʼminoti manbalaridan suv olishga haqlidirlar.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olayotgan suvlarini hisobga olib borishni tashkil etadi, suv bilan taʼminlash manbalaridagi suvning sifati holatini muntazam kuzatib boradi va manbalarda suv sifati oʻzgarganligi hamda ishlatilgan suv miqdori haqida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar, ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish, sanitariya nazorati organlariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga maʼlumotlar berib turadi
