4-modda. Yagona davlat suv fondi
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Yagona davlat suv fondi:
jilgʻalar, soylar, daryolar, suv omborlari, koʻllar, dengizlardan, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning suvlari va boshqa yer usti suvlaridan;
yer osti suvlari, qor zaxiralari va muzliklardan iboratdir.
Transchegaraviy suv obyektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
