106-modda. Suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilishning iqtisodiy chora-tadbirlari
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy chora-tadbirlari:
suv resurslaridan foydalanganlik, suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar (bundan suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno) va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari, suv obyektlarini ifloslantirganlik va ularga zararli taʼsir etishning oʻzga turlari uchun haq olishni;
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishda, suvni muhofaza qilish va tejashda samarali boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlarni;
huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, ekologik ragʻbatlantirishning va boshqacha ragʻbatlantirishning samarali chora-tadbirlari tizimini qoʻllashni nazarda tutadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarning tatbiq etilishini ragʻbatlantirishi va taqdirlashi mumkin.
