1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Ushbu Qonunning maqsadi suvga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni taʼminlash, suvlarni bulgʻanish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvlarning zararli taʼsirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlarining holatini yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
