Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi uchun qoʻshimcha chegirma berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1527-son)
30.11.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IqTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShqI IqTISODIY ALOqALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIq qOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-noyabrda 1527-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-sonli “Oʻzbekyengilsanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 12-son, 145-modda) ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi uchun qoʻshimcha chegirma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-avgust,
82-son
Iqtisodiyot vaziri birinchi oʻrinbosari U. ROZUQULOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-avgust,
63-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-avgust,
RA-01/10-3641-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-avgust,
2005-49-son
