Alkogolli mahsulotga toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini hisoblab chiqish va “Oʻzvinosanoat” xolding kompaniyasining rekonstruksiyalash va rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1526-son)
30.11.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-noyabrda 1526-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PP–204-sonli “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzspirtsanoat” hissadorlik kompaniyasi korxonalarining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan qaror qilamiz:
1. Alkogolli mahsulotga toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini hisoblab chiqish va “Oʻzvinosanoat” xolding kompaniyasining rekonstruksiyalash va rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi nizom* tasdiqlansin.
* Nizom matni rus tilida berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-noyabr,
103-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-noyabr,
2005-65-son
