Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1524-son)
28.11.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-noyabrda 1524-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF–3594-sonli Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 15, 16-son, 109-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 3-avgust,
61-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 3-avgust,
2005-40-son
Iqtisodiyot vaziri birinchi oʻrinbosari G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 3-avgust,
60-son
