Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoni) (266-son)
29.11.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF–3665-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2000-y., 9-son, 62-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-noyabr,
266-son
