Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida (71-son)
13.02.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2003-yil 24-noyabrda Sofiya shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bolgariya Respublikasi Hukumati oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlariga nisbatan ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi Konvensiya;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bolgariya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2003-yil 24-noyabrda Sofiya shahrida imzolangan Xalqaro aralash yuk tashish toʻgʻrisidagi Bitim;
2003-yil 24-noyabrda Sofiya shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bolgariya Respublikasi Hukumati oʻrtasida temir yoʻl transporti sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
2003-yil 24-noyabrda Sofiya shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bolgariya Respublikasi Hukumati oʻrtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga, ularni suiisteʼmol qilishga va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
2003-yil 24-noyabrda Sofiya shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bolgariya Respublikasi Hukumati oʻrtasida gʻayriqonuniy ravishda boʻlib turgan shaxslarni qaytarib qabul qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
2003-yil 24-noyabrda Sofiya shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bolgariya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Veterinariya-sanitariya konvensiyasi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnomalar yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-fevral,
71-son
