Loyiha tashkilotlari tomonidan qurilish ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish uchun xarjlar miqdorini belgilash (167-son)
31.08.1995
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 31-avgustda 167-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
1. Loyiha tashkilotlari tomonidan qurilish ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish uchun xarjlar miqdorlari obyekt qurilishining umumiy moʻljaliy (smeta) qiymati tarkibiga kiritiladi va umumiy moʻljaliy hisoblarning 1—9 boblariga muvofiq qurilishning moʻljaliy qiymatiga foizlarda belgilab quyidagi koʻrsatkichlarda aks ettiriladi:
MUALLIFLIK NAZORATI
2. Ayrim, asoslangan zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishqoʻmi ijozati bilan, mualliflik nazorati uchun xarjlar miqdorlari umumiy moʻljaliy hisoblarning 1—9 boblariga muvofiq qurilishning moʻljaliy qiymatining 036 foizigacha boʻlgan hajmidan oshirilishi mumkin.
3. Loyiha tashkilotlari tomonlaridan qurilish ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar loyiha (ish loyihasi) ishlab chiqilayotgan paytda belgilanadi.
Bosh loyihalashtiruvchi ixtisoslashgan loyiha tashkilotlari ishtirokida qurilishning taqvimiy rejasini yoki har tomonlama yiriklashtirilgan katakli jadvalini tuzayotganda buyurtmachi bilan birga qurilishning barcha davri va qurilib bitkazilgan korxona, bino, inshootlarni foydalanishga qabul qilish paytlari uchun mualliflik nazorati oʻtkazilishining rejalik jadvalini tuzadilar va shu asosda “Qurilish uchun loyiha va qidiruv ishlari moʻljallarining (smetalarning) tuzish tartibiga oid Yoʻriqnoma”ga binoan 3-sonli shakli boʻyicha mualliflik nazoratini amalga oshirish uchun xarjlar moʻljali (smetasi) belgilanadi. Taʼkidlangan xarjlar korxona, bino, inshoot qiymatining umumiy moʻljaliy (smeta) hisobining 10-bobiga alohida satr tarzida kiritiladi va 1—2 boblar bilan belgilangan hajmlardan oshmasligi shart, faqat bundan ushbu Tartib bilan koʻzda tutilgan hollar mustasnodir.
Xarjlar moʻljallarida (smetalarda) asosiy ijrochilarning ish haqlari inobatga olinadi va unga loyiha tashkilotlarining xarajatlari, loyiha tashkilotlarining taʼkidlangan yildagi loyiha va qidiruv ishlari olib borish boʻyicha xarjlar moʻljaldagi ushbu yuqoridagi xarjlarning solishtirma salmogʻiga mos tarzda foizlarda hamda 3 foiz miqdoridagi rejalik jamgʻaruvlari qoʻshiladi.
Mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi loyiha tashkilotlari xodimlarining qurilish joyigacha va orqaga qaytish boʻyicha xarajatlari ushbu moʻljallarda (smetalarda) alohida satrda keltirib, buyurtmachi tomonidan ushbu Tartibning 1 va 2 boblarida koʻzda tutilgan miqdorlardan tashqari qoplanishi lozim.
Zarur hollarda moʻljalnomalarga (smetalarga) alohida nomlangan holda quyidagi ishlar ham kiritiladi:
binolarni tayyorlash va qurilishga chiqish oldidan loyiha-moʻljal hujjatlarini oʻrganib chiqish hamda 1.06.05-85 raqamli QQvaM (SNiP) loyiha tashkilotlarining korxonalar, binolar va inshootlar qurilish ustidan mualliflik nazorati toʻgʻrisidagi nizom 1, 5 bobi bilan koʻzda tutilgan tartibda mualliflik nazorati natijasida qabul qilingan qarori bilan loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-moʻljal hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ishlari.
Bu ishlarga xarjlar loyiha tashkiloti mutaxassislarining qurilishga chiqqan har gali uchun 2—4 kishi ish kuni hisobidan belgilanadi:
mualliflik nazorati natijalariga koʻra qabul qilingan qarorlarni bosh va ixtisoslashgan loyiha tashkilotlari bilan, shu jumladan bordi-keldilar uchun zarur tegishli ammo, 5 kishi ish kunidan ortiq boʻlmagan vaqtini ham inobatga olgan holdagi, oʻzaro kelishiga oid ishlari.
Mualliflik nazoratini amalga oshirishning taqvimiy muddatlari har bir loyiha tashkiloti boʻyicha xarjlar miqdorlari, buyurtmachilar bilan hisob-kitob tartiblari har yil uchun rasmiylashtirilgan shartnomalar bilan belgilanadi. Mualliflik nazoratini amalga oshirish uchun xarjlarni belgilashning taʼkidlangan (yuqorida zikr etilgan) tartibi 1995-yilning 1-mayidan boshlab tasdiqlangan loyihalar uchun amalga kiritiladi.
1995-yilning 1-mayigacha boʻlgan davrda tasdiqlangan umumiy moʻljallanmalarga (umumiy moʻljaliy-moliyaviy hisoblarga) kiritilgan mualliflik nazorati uchun xarjlar qayta hisoblab chiqilmaydi.
