Haydovchilik guvohnomasiga talon berish tartibi toʻgʻrisida (138-son)
28.04.1995
Yoʻriqnoma
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 28-aprelda 138-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
1. Haydovchilik guvohnomasiga talon Oʻzbekiston IIV DAN imtihon qabul qilish va roʻyxatga olish, hamda tuman (shahar) DAN boʻlinmalari orqali doimiy (vaqtinchalik) turar joyga ega boʻlgan, talon uchun belgilangan toʻlovni toʻlagan shaxslarga, ularning shaxsiy pasportlari (harbiy xizmatchilar uchun — harbiy bilet) va haydovchilik guvohnomalarini koʻrib beriladi.
2. Haydovchilik guvohnomasiga talon Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarida doimiy yoki vaqtinchalik yashovchi faqat haydovchilik guvohnomasi boʻlgan fuqarolarga beriladi.
3. Korxonalar, muassasalar va idoralarda haydovchi vazifasida ishlab turuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasiga 3 oydan ortiq muddatga xizmat safariga kelgan boshqa davlat fuqarolariga haydovchilik guvohnomasiga talon umumiy tartibda, ularni ishlab turgan joylaridan olingan yozma bayonotga asosan beriladi.
4. Imtihon qabul qilish va roʻyxatga olish, tuman (shahar) DAN xodimlari fuqarolarning hujjatlarini haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilgach, talon toʻldirishlari mumkin boʻladi. Talon seriyasi, raqam belgisi va uni berilgan vaqti albatta haydovchilik varaqasi yozish imkoniyati boʻlgan haydovchilik guvohnomalarni (plyonka bilan qoplanmagan) maxsus joyida koʻrsatiladi.
5. Yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yozuvlari (muhrlari) noaniq haydovchilik guvohnomalariga talon faqat imtihon qabul qilish va roʻyxatga olish DAN boʻlinmalari orqali beriladi. Qalbaki haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
6. Haydovchilik guvohnomasiga beriladigan talon maxsus jurnaldagi (1-ilova) maʼlumotlar toʻldirilgandan soʻng beriladi. Jurnallar esa 10 yil davomida imtihon qabul qilish va roʻyxatga olish DAN boʻlinmalarida saqlanadi. Tuman (shahar), DAN boʻlinmalarida ishlatilgan jurnallar esa, talonlar tarqatilib boʻlingach joylardagi imtihon olish va hisobga qoʻyish boʻlinmalariga topshiriladi.
7. Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon yoʻqotilgan taqdirda tiklanayotgan (ikkinchi) talon nazariy imtihon olish orqali, agar 12 oy davomida haydovchi transport vositasini boshqarmagan boʻlsa qoʻshimcha amaliy imtihon olish orqali beriladi.
8. Talonsiz transport vositasini boshqargan shaxslarni haydovchilik guvohnomalari bayonnoma tuzish yoʻli bilan olib qoʻyiladi.
9. Haydovchilarni oʻz vaqtida talonlar bilan taʼminlash uchun DANning barcha imtihon qabul qilish va roʻyxatga olish boʻlinmalarida har kuni (dam olish kunidan tashqari) talon berish joriy qilinadi.
10. Korxona va muassasalarning takliflariga asosan, talon tarqatish haydovchilarning ish joylarida ham amalga oshirilishi mumkin.
1-ILOVA
