Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1394-1-son)
11.11.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 11-noyabrda 1394-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Davlatning ishonchli vakillari va professional boshqaruvchi kompaniyalarning xususiylashtirilgan korxonalarning korporativ boshqarish jarayoniga qatnashish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan 2004-yil 21-iyulda 01/06-15-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2004-yil 30-iyul, roʻyxat raqami 1394) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 1-noyabr,
01/06-18/06-son
