Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 19-sentabrdagi PQ-183-son qarori) (246-son)
10.11.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 19-sentabrdagi PQ–183-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 61-modda) 3-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 13-apreldagi 174-son qaroriga ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-noyabr,
246-son
