Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida (PF-3675-son)
06.11.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya tuzilmasiga kiritilgan oʻzgartishlarga muvofiqlashtirish, shuningdek ular faoliyatini tartibga solish maqsadida:
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tugatilib, uning vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi zimmasiga yuklansin.
2. Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmonning 1-bandidan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
4. 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-noyabr,
PF-3675-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi PF–3675-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan farmonlari roʻyxati
1. “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 11-dekabrdagi PF–1658-son Farmoni.
3. “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 31-yanvardagi PF–3204-son Farmoni.
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF–3306-son Farmonining 1-bandi.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF–3376-son Farmoni ilovasining 2-bandi.
