Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 309-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (237-son)
25.10.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-yilning 1-oktabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2005-yil 14-sentabrdagi PF–3659-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 309-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Boshlangʻich razryadning eng kam oylik ish haqining belgilangan tarif stavkasi mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-oktabr,
237-son
