Fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida (609-son)
23.12.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Sugʻurta toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sugʻurtasi joriy etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, fuqarolarning kuyidagi xususiy mulklari davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi kerak:
— imoratlar (uy-joylar, kvartiralar, shu jumladan xususiylashtirilgan uy-joylar, shuningdek, xoʻjalik binolari);
— chorva mollari (qoramol — 6 oylikdan boshlab, yilqilar va tuyalar — 1 yoshdan boshlab).
Chorbogʻlar, eskirgan imoratlar, shuningdek, qayerdaligi nomaʼlum boʻlgan fuqarolarga qarashli imoratlar davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazilmaydi.
2. Fuqarolar xoʻjaliklaridagi imoratlar va chorva mollarining davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta pullari 1-ilovaga muvofiq hamda bir yil uchun sugʻurta pulining har 100 “pulidan foizlar hisobidan” olinadigan sugʻurta toʻlovlarining tabaqalashtirilgan stavkalari miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga fuqarolar xoʻjaliklaridagi imoratlarning sugʻurta pulini belgilangan sugʻurta pulidan 50 foizgacha oshirish yoki kamaytirishga, ayrim sugʻurtalanuvchilarni ularning arizasi boʻyicha, tegishli komissiyalarning xulosasiga binoan sugʻurta toʻlovlarini toʻlashdan batamom yoki qisman ozod qilishga ruxsat berilsin.
4. Bir yil uchun hisoblangan miqdordagi sugʻurta toʻlovlarini toʻlash muddati 1-oktabrgacha qilib belgilansin.
Sugʻurta toʻlovlarini toʻlashning belgilangan muddati tugagach, toʻlanmagan summa toʻlanmay qolgan qarz deb hisoblansin va toʻlash muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun qarzning 0,5 foizi miqdorida jarima (penya) qoʻshib hisoblangan holda undirib olinsin.
5. Fuqarolarga qarashli imoratlar va boshqa mol-mulkning nobud boʻlishi va shikastlanishining oldini olish chora-tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun sugʻurta toʻlovlaridan ajratmalar miqdori 2 foiz qilib belgilansin.
6. Fuqarolarga qarashli mol-mulkni davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazish boʻyicha sugʻurta pullarining miqdori pulning qadrsizlanish darajasiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan indeksatsiya qilinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddat ichida:
— fuqarolarga qarashli mol-mulkni sugʻurta qilish boʻyicha hisobga olish, toʻlovlarni hisoblash va toʻlash hamda sugʻurta toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani chiqarsin;
— sugʻurtalangan mol-mulkning nobud boʻlishi va shikastlanishining oldini olish chora-tadbirlari roʻyxatini tasdiqlasin.
8. 3-ilovaga muvofiq normativ hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 23-dekabr,
609-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-dekabrdagi 609-son qaroriga 1-ILOVA
Fuqarolarga qarashli imoratlar va chorva mollarining davlat sugʻurtasi boʻyicha pullarining
miqdorlari
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabrdagi 603-son qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-dekabrdagi 609-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha bir yil uchun sugʻurta pulidan foizlar hisobidan olinadigan sugʻurta toʻlovlarining tabaqalashtirilgan stavkalari
miqdorlari
Eslatma: Koʻp qavatli uy-joylardagi xususiylashtirilgan kvartiralar uchun tarif stavkasi sugʻurta pulining 0,3 foizi miqdorida belgilansin.
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-dekabrdagi 609-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan normativ hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining SSSR Ministrlar Sovetining “Fuqarolarga qarashli mol-mulkni davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazish toʻgʻrisida” 1981-yil 2-sentabrdagi 961 -son qarori yuzasidan 1981-yil 19-oktabrdagi 832-son qarori.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Fuqarolarga qarashli mol-mulkni davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazish toʻgʻrisida” 1981-yil 2-oktabrdagi 961-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 19-oktabrdagi 832-son qaroriga qisman oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1985-yil 16-oktabrdagi 519-son qarori.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Imoratlarni baholash uchun baholash normalariga tuzatishlar koeffitsiyentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1986-yil 21-noyabrdagi 564-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-martdagi 72-f-son farmoyishi.
