Respublika davlat boshqaruv organlari apparatiga sarflanadigan budjet mablagʻlarini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (603-son)
15.12.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari apparatini yanada takomillashtirish va ularga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil 1-yanvardan boshlab:
— vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar markaziy apparati xodimlarining soni 1-ilovaga muvofiq;
— viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati, ularning boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarining soni 2-ilovaga muvofiq;
— tumanlar va shaharlar hokimliklari apparati va ularning boʻlimlari xodimlarining soni 3-ilovaga muvofiq;
— vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari va idoralar rahbarlarining oʻrinbosarlari soni 4-ilovaga muvofiq qisqartirilsin.
2. Xarajatlari oʻzlariga qarashli tashkilotlarning ajratmalari hisobiga qoplanadigan korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari rahbarlariga boshqaruv markaziy apparatlari tuzilmasini, shuningdek, oʻzlariga qarashli tashkilotlar va korxonalar boshqaruv apparatini puxta oʻrganib chiqish, ularning xodimlari sonini va ularga sarflanadigan xarajatlarni 15 foizgacha qisqartirish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
3. Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan respublika boshqaruv organlari egallagan binolar va inshootlarga sarflanadigan xarajatlarni tartibga solish, ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlardan oqilona va tejab foydalanish maqsadida Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu maqsadlarga moʻljallangan xarajatlarning (keyinchalik ularni indeksatsiya qilishni hisobga olgan holda) chegaralangan meʼyorlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat boshqaruv organlariga sarflanadigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlashni ular apparatlari xodimlari sonini ushbu qaror bilan nazarda tutilgan qisqartirishni hisobga olgan holda amalga oshirsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari boshqaruv apparati xodimlari sonining qisqartirilishi boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlarning natijalari toʻgʻrisida 1994-yil 1-fevralgacha Hukumatga axborot bersinlar.
6. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 15-dekabr,
603-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-dekabrdagi 603-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar markaziy apparatining qisqartirilishi kerak boʻlgan
xodimlari soni
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-dekabrdagi 603-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatining, ularning boshqarmalari va boʻlimlarining qisqartirilishi kerak boʻlgan
xodimlari soni
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-dekabrdagi 603-son qaroriga 3-ILOVA
Tumanlar va shaharlar hokimliklari apparati va ularning boʻlimlarining qisqartirilishi kerak boʻlgan
xodimlari soni
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-dekabrdagi 603-son qaroriga 4-ILOVA
Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlarining qisqartirilishi kerak boʻlgan oʻrinbosarlari soni
