Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini uy-joy maydonini hokimliklarga berishdan ozod qilish toʻgʻrisida (498-son)
14.10.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi MXX va uning joylardagi organlari yangi qurilgan uylardagi uy-joy maydonining 10 foizini, shuningdek, zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan zobitlar va belgilangan muddatdan ortiq xizmat qilgan harbiy xizmatchilarni taʼminlash uchun MXX xodimlari tomonidan boʻshatilgan uy-joy maydonini hokimliklar tasarrufiga berishdan ozod qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 14-oktabr,
498-son
