Ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1238-4-son)
05.10.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻzbekiston respublikasi davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-oktabrda 1238-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23, 24-son, 168-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 7-martdagi 43 va 2003-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (2003-yil 29-aprel, roʻyxat raqami 1238. Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil 7, 8-son, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 11-son, 131-modda; 40, 41-son, 442-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-sentabr,
90-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-sentabr,
2005-55-son
