Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari va tashkilotlarining budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida (420-son)
18.08.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1993-yil 7-maydagi 856-XII-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yil 1-sentabrdan boshlab:
respublika korxonalari va tashkilotlarining joʻnatilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar (xizmatlar) uchun isteʼmolchi (buyurtmachi) ning haq toʻlashiga qarab budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibi;
“Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki uchun Daromadlarga solinadigan soliq stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan foizlarda 25 foiz miqdorida belgilansin.
2. Moliya vazirligining yangi tashkil etilgan “Oʻztadbirkorbank” ni 1993—1995-yillarda olingan daromadlardan budjetga soliq toʻlashdan ozod etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Moliya vazirligi va Davlat soliq bosh boshqarmasi yoʻriqnoma-normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartishlar kiritsinlar va ularni barcha soliq toʻlovchilarga yetkazsinlar.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 18-avgust,
420-son
