Germaniya Federativ Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish toʻgʻrisida (364-son)
19.07.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 6-martdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Germaniya Federativ Respublikasining Bonn shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Elchixonaning 1993-yil uchun shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi
1993-yilga elchixona xodimlari soni 13 kishidan, shulardan diplomatik tarkib — 8 kishidan, texnik tarkib — 5 kishidan iborat qilib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yilga xarajatlar smetasiga muvofiq zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtatlar jadvaliga muvofiq Elchixonani xodimlar bilan toʻldirish uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. “Oʻzshartnomasavdo” va “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmalari Tashqi ishlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi uchun belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslari, jihozlar, asbob-uskunalar ajratsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 19-iyul,
364-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-iyuldagi 364-son qaroriga 1-ILOVA
Germaniyadagi (Bonn shahri) Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining shtat jadvali
