Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi idoralararo kengash toʻgʻrisida (344-son)
09.07.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni mahalliy tabiiy-iqtisodiy sharoitlarni, Oʻzbekiston Respublikasini va uning mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda oqilona joylashtirish masalalarida yagona umumdavlat yondashuvini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi idoralararo kengash 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi idoralararo kengash toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga oʻz tasarruflaridagi hududda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha shunga oʻxshash hududiy doimiy ishlovchi idoralararo kengashlar tuzish tavsiya etilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik organlariga yer maydoni berish va yangidan qurilayotgan, qayta qurilayotgan obyektlarning boshqa tabiiy resurslaridan foydalanish yoki yirik va murakkab ishlab chiqarishlarni kengaytirish boʻyicha qarorlar Qoraqalpogʻicton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining byyuptmachilarning maqsadlari toʻgʻrisidagi takliflari asosida (3-ilova), faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha idoralararo kengashning tegishli xulosasidan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Uncha katta va murakkab boʻlmagan ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni (4-ilova) joylashtirishga yer maydoni berish va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, buyurtmachining maqsadlarini hisobga olgan holda, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha tegishli hududiy doimiy ishlovchi idoralararo kengashning ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda qabul qilinadi.
5. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Davlat plan komiteti huzurida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi idoralararo kengash tashkil etish toʻgʻrisida” 1986-yil 25-avgustdagi 418-son qarori;
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Davlat plan komiteti huzuridagi ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1986-yil 17-oktabrdagi 511-son qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 9-iyul.,
344-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 344-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha doimiy ishlovchi idoralararo kengash toʻgʻrisida
NIZOM
1. Idoralararo kengashning asosiy vazifasi xalq xoʻjaligining hududiy tuzilishini takomillashtirish muammolarini har tomonlama kompleks baholash, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitlarida istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tamoyillari, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning bosh va tarmoq istiqbollari iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishning davlat dasturlari, investitsiyalar hamda vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, birlashmalar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar, kooperativlarning, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarni yangidan tashkil etish, ishlab turganlarini kengaytirish va qayta qurish toʻgʻrisidagi takliflari asosida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning asoslanganligini oshirishdir.
2. Qayd etilgan vazifalarga muvofiq Idoralararo kengash:
ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, hududiy boshqaruv organlari tomonidan tayyorlangan tumanlar boʻyicha rejalashtirish sxemalarini, yirik shaharlar bosh rejalari loyihalarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasini, viloyatlarni va Toshkent shahrini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli kompleks dasturlari va tamoyillarini, shaharlarda, shahar posyolkalarida, tuman markazlarida hamda boshqa aholi yashash joylarida yirik va murakkab ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi;
yangi yirik va murakkab ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish moʻljallangan joylarga doir tegishli xulosalarni tayyorlaydi, bayonnomalar holida rasmiylashtiradi va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishni davlat yoʻli bilan boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha hududiy idoralararo kengashlarga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi.
3. Idoralararo kengash oʻz ish faoliyatida quyidagi qoidalarga amal qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yirik va murakkab korxonalarni oqilona joylashtirish, mintaqalarning xalq xoʻjaligi tarmoqlarini samarali ixtisoslashtirish va kompleks rivojlantirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
kichik va oʻrtacha shaharlarni, qishloq tumanlari markazlarini va boshqa aholi yashash joylarining rivojlanishini tezlashtirish, yirik shaharlarda sanoat korxonalarining haddan ziyod toʻplanishini cheklash;
korxonalarni umumiy yordamchi ishlab chiqarish va muhandislik infrastrukturasi boʻlgan sanoat markazlaridagi rudasiz hududlarga joylashtirish;
korxonalarni halokatli toshqin, yirik texnogen avariyalar, tabiiy sharoitlari noqulay, yaʼni yuqori seysmik, sel bosadigan va shu kabi zonalarda joylashtirilganda kutilishi mumkin boʻlgan oqibatlarni hisobga olish;
ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishni hududiy tashkil etishni tartibga solishning iqtisodiy usullariga oʻtish.
4. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha Idoralararo kengash quyidagi huquqlarga egadir:
Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, shuningdek, tegishli uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va birlashmalar, vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va loyihalash tashkilotlari mutaxassislarini ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirishga taalluqli boʻlgan alohida masalalarni koʻrib chiqishga va ulardan yangi korxonalarni joylashtirishni iqtisodiy jihatdan asoslash uchun zarur maʼlumotlar olishga jalb qilish;
Kengashning huquq doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha kengashlar va konferensiyalar chaqirish va oʻtkazish, respublika va xorijiy mamlakatlarning zarur boʻlgan mutaxassislarini ushbu tadbirlarda qatnashishga jalb etish;
sanoat korxonalarini joylashtirishning muqobil variantlarini taklif etish;
ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha hududiy doimiy ishlovchi idoralararo kengashlar toʻgʻrisidagi nizomlarni kelishib olish.
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 344-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlik (idora, uyushma, konsern va boshqalar)ning ishlab chiqarish obyektini joylashtirish maqsadi haqida
AXBOROT
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 344-son qaroriga 4-ILOVA
Korxonalar va inshootlar qurilishining ishlab chiqiladigan texnik-iqtisodiy asoslashlarda aniqlangan (ular boʻyicha xulosalar ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar tomonidan bepiladi)
ChEKLANGAN QIYMATI
