Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (83-son)
19.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan Tijorat banklari kengashlari raislari etib tasdiqlansin:
Xalq banki:
X.O. Jumayev — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
M.B. Nurmurodov — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirish kiritsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 19-fevral,
83-son
