“Patta toʻlovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida (743-XII-son)
09.12.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Patta toʻlovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 1-fevralidan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oylik muddat ichida:
patta toʻlovi miqdorlarini tasdiqlasin;
Hukumatning, vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini mazkur Qonunga muvofiq holga keltirsin;
Qonunning qoʻllanilishini taʼminlovchi meʼyoriy hujjatlarni qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
743-XII-son
