Yagona ijtimoiy toʻlovni hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, toʻlash va taqsimlash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1333-2-son)
30.05.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEhNAT VA AhOLINI IJTIMOIY MUhOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-mayda 1333-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-sonli “Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 42-son, 447-modda), 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 52-son, 523-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi 2004-yil 25-fevraldagi 35, 74, 2004-24 va 245-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yagona ijtimoiy toʻlovni hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, toʻlash va taqsimlash toʻgʻrisida”gi nizomga (2004-yil 6-aprel, roʻyxat raqami 1333 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 14, 26-son, 172, 306-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kundan soʻng amalga kiritilsin.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-may,
46-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-may,
96-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-may,
2005-26-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-may,
245-V-2-son
