Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (232-son)
19.10.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta tolasini xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek xorijiy investitsiyalarni respublika yengil sanoatiga jalb etishni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilab qoʻyilsinki, paxta tolasi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari hamda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali paxta tolasining ulgurji sotish narxida qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini schyot-fakturalarda ajratib koʻrsatgan holda sotiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Paxta tolasini erkin almashtiriladigan valyutaga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-oktabr,
232-son
