Oʻzbekiston Respublikasi televideniye va radio eshittirish dasturlarini uzatish hamda tarqatish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1409-son)
15.09.2004
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 15-sentabrda 1409-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, radioeshittirish va televideniye dasturlarini uzatish, tarqatish, tashkil qilish va shakllantirish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida buyuraman:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi televideniye va radioeshittirish dasturlarini uzatish hamda tarqatish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan 10 kun muddat oʻtgandan keyin kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan hamda radioeshittirish va televideniye dasturlarini tarqatish, uzatish, tashkil qilish va shakllantirish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatlarida ushbu Nizom qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari belgilab qoʻyilsin.
Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
25.08.2004y.,
286-son
