Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1329-1-son)
27.04.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 27-aprelda 1329-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 2-fevraldagi 9-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari”ga (2004-yil 22-mart, roʻyxat raqami 1329) qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori A. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-mart,
27-son
