Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1383-1-son)
10.03.2005
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVENERGONAZORAT” BOShLigʻINING
BUYRUgʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 10-martda 1383-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-sonli qarori bilan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari tasdiqlanganligi munosabati bilan, buyuraman:
1. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining 2004-yil 21-maydagi 207-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari”ning 11-bandi toʻqqizinchi xatboshida (2004-yil 9-iyul, roʻyxat raqami 1383 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 27-son, 317-modda) “2003-yil 16-iyundagi 271-son” soʻzlari “2005-yil 27-yanvardagi 32-son” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan soʻng kuchga kiritilsin.
“Oʻzdavenergonazorat” Inspeksiya boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-fevral,
45-son
