Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 1998-yil 24-yanvarda tasdiqlagan 377-sonli va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-martda 678 raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan aholiga isteʼmol krediti berishni tashkil etish toʻgʻrisida nizom”ga (678-1-son)
26.04.1999
“TASDIQLANDI” Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi (8-son bayonnoma 1999-yil 23-aprel) № 377-1
1-son qoʻshimcha
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 26-aprelda 678-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Nizomning 3-bandi quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tijorat banklari tomonidan oʻzining xodimlariga isteʼmol krediti berilishi taqiqlanadi”.
Markaziy bank Raisi oʻrinbosari A. QODIROV
