Paxta xomashyosi, chorva va sut, meva-sabzavot mahsulotlari ayrim turlarining xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida (257-son)
27.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikaga yetkazib berilayotgan yoqilgʻi, moddiy-texnika va boshqa resurslarning qimmatlashib borayotganligi munosabati bilan, shuningdek, qishloq xoʻjaligi korxonalariga koʻproq mustaqillik berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan:
1993-yil hosili paxta xomashyosining xarid narxlarini 1-ilovaga muvofiq;
chorva va sutning xarid narxlarini 2-ilovaga muvofiq oshirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. 1993-yil hosilidan:
meva-sabzavot mahsulotlarining chegaralangan xarid narxlari 3-ilovaga muvofiq;
sholi, yangi qizil va sanoatda qayta ishlashga moʻljallangan yangi qizil pomidorlar, karam, sabzi va olma uchun erkin (shartnomaviy) narxlar belgilansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-maydagi 250-son va 1993-yil 17-apreldagi 180-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 27-may,
257-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 257-son qaroriga 1-ILOVA
1993-yil hosili paxta xomashyosining xarid narxlari
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-iyuldagi 360-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
