Yoqilgʻi va energiyaning cheklangan ulgurji va chakana narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (258-son)
27.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sanoatning barqaror ishlashini taʼminlash va energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1993-yilning 1-iyunidan boshlab budjetdagi tashkilotlarga va qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va koʻmir sotish shartnomaviy (erkin) narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
2. 1993-yilning 1-iyunidan boshlab aholiga sotiladigan tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir, avtobenzin va elektr energiyasining cheklangan chakana narxlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzin va elektr energiyasi uchun yangi chakana narxlarning preyskurantini tasdiqlasin, bunda ularning barcha manfaatdor tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazilishi taʼminlansin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻmir uchun chakana narxlarning preyskurantlarini tasdiqlasinlar.
6. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar 1993-yilning 1-iyunidagi holati boʻyicha suyultirilgan gaz koʻmir va avtobenzin qoldiqlarini qayta baholasinlar, bunda qayta baholashda qoʻshilgan summa ularning oʻz oborot mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qarorining 3-bandi, shuningdek, shu qaror 4-bandining tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir, avtobenzin, elektr energiyasi chakana narxlarini oʻzgartirishga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 27-may,
258-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 258-son qaroriga ILOVA
1993-yilning 1-iyunidan boshlab aholiga sotiladigan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, koʻmir, avtobenzin va elektr energiyasi chakana narxlarining
ChEKLANGAN MIQDORLARI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 429-modda)
