34-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar targʻibotining taqiqlanishi hamda reklamasining cheklanishi
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida (813-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar targʻiboti, yaʼni Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish, tayyorlash va ulardan foydalanish usullari, uslublari toʻgʻrisidagi, ularni olish joylari haqidagi maʼlumotlarni tarqatishga qaratilgan faoliyat taqiqlanadi.
II va III roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar reklamasi faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga moʻljallangan ixtisoslashgan bosma nashrlardagina amalga oshirilishi mumkin. Tarkibida Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari boʻlgan dori vositalarining namunalarini reklama maqsadlarida tarqatish taqiqlanadi.
