32-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni inventarizatsiya qilish
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida (813-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan yuridik shaxslar oʻz tasarruflaridagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni har oyda inventarizatsiya qilishlari hamda tovar-moddiy qimmatliklar balansini tuzishlari shart.
Balansdagi tafovutlarga oid maʼlumotlar yoki balans maʼlumotlarining oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida bu holat aniqlanganidan soʻng uch kunlik muddat ichida ichki ishlar organlariga xabar qilinadi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar miqdori va holatiga taalluqli barcha oʻzgarishlar maxsus daftarlarga qayd etiladi. Bunday daftarlarni yuritish va saqlash tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
