25-modda. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan tranzit tarzida oʻtayotgan yoʻlovchilarni davolash uchun foydalanish
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida (813-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit tarzida oʻtayotgan bemor II va III roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib oʻtishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushlanib qolgan va davolanishni davom ettirish uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qoʻshimcha ravishda olishga muhtoj boʻlgan taqdirda bunday vositalar yoki moddalarni berish Oʻzbekiston Respublikasida yozib berilgan retsept asosida qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
