211-modda. Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarning sanoat maqsadlarida yetishtirilishi va muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida (813-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan litsenziyaga asosan ruxsat etiladi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan, sanoat maqsadlarida yetishtirilishiga va muomalada boʻlishiga ruxsat etilgan kannabis oʻsimligining navlari, ularning yetishtirilish va muomalada boʻlish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
