20-modda. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni idishga joylash-oʻrash va ularga belgi qoʻyish
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida (813-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni idishga joylash-oʻrash va ularga belgi qoʻyish qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi shart.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning sirtqi oʻrovi mazkur oʻrov butligini buzmay turib ularni olish imkoniyatini istisno etishi shart.
Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning ichki oʻrovi ikkita qizil chiziq bilan belgilangan boʻlishi shart.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning oʻrovi va ularga belgi qoʻyish ushbu modda talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar belgilangan tartibda yoʻq qilib tashlanadi.
