Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida (813-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirishga (olib chiqishga) litsenziya, shuningdek, olib kirish (olib chiqish) huquqi toʻgʻrisida maxsus vakolatli organ tomonidan beriladigan sertifikat boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni maxsus vakolatli organ ruxsatisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish taqiqlanadi.
Ushbu moddada belgilangan talablar buzilgan taqdirda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar qonunchilikka muvofiq musodara etiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-86044
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 12-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) xususiyatlari Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida (813-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-86028/12 (lex.uz/docs/-86044)