22-modda.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida (915-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Kuchini yo'qotgan
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli):
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va mahalliy hokimiyat organlarining qarorlarini bajarishga doir ishlarni tashkil etadi, fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi;
qonunlarda koʻzda tutilgan hollarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sud idoralarida, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan boʻladigan munosabatlarda fuqarolar manfaatlarini himoya qila oladi;
fuqarolarning hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishda, ommaviy-siyosiy tadbirlarda qatnashishlarini tashkil etadi, aholiga savdo va kommunal-maishiy xizmat koʻrsatilishini yaxshilashga koʻmaklashadi, bu maqsadlarda tegishli hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlar taqdim etadigan moddiy va boshqa mablagʻlardan foydalanadi;
doʻkonlar, oshxonalar, choyxonalar, bozorlar ishi, savdo qoidalariga rioya etilishi, fuqarolarga madaniy xizmat koʻrsatish taʼminlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil qiladi;
aholi punktlari, suv taʼminoti manbalari, uy-joylar, maktablar va boshqa muassasalarning sanitariya holati ustidan nazorat qilinishiga koʻmaklashadi;
qabristonlar, qardoshlik qabrlari va boshqa mozorlarni saranjom saqlash yuzasidan jamoatchilik ishlarini tashkil qiladi;
aloqa organlariga mahalliy telefon va pochta aloqasini rivojlantirishda, radiolashtirish borasida, mahalliy aloqa inshootlarini muhofaza qilishda yordam beradi;
egasiz mol-mulkni, shuningdek davlatga meros tarzida oʻtgan mol-mulkni saqlash va tasarruf etish choralarini koʻradi;
dehqon xoʻjaliklarining oilaviy mulk taqsimotlarini roʻyxatga oladi, oʻz hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib boradi;
shaharcha, qishloq va ovullar hududidagi yerlarning ishlatilishi va muhofaza etilishi ustidan nazorat qiladi, fuqarolar yigʻini (yigʻilishi) muhokamasiga yer munosabatlarini tartibga solish masalalarini kiritadi;
imorat qurish qoidalariga rioya etish, xonadonlarga tutash joylarni orasta boʻlishi, jonivorlarni saqlashga oid veterinariya qoidalarini bajarish ustidan jamoat nazoratini tashkil qiladi;
aholidan soliq, sugʻurta va boshqa xildagi toʻlovlar oʻz vaqtida tushishiga koʻmaklashadi;
aholi punktlarida yongʻinga qarshi tadbirlar oʻtkazishni tashkil etadi, zarur boʻlganida esa tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatini tugatishga fuqarolarni jalb etadi;
