1-modda.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida (915-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Kuchini yo'qotgan
Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻlib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.
Oʻzini oʻzi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashishga doir oʻz huquqlarini roʻyobga chiqarishlarida fuqarolarga koʻmaklashadi, oʻz hududlaridagi ijtimoiy va xoʻjalik vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi.
