# Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3973-son)

- URL: https://neolex.uz/uz/laws/law-8591603
- lex.uz dagi asl nusxa: https://lex.uz/docs/8586150
- Sana: 12.11.2026
- Amalda
- Language: uz

> Matn manbasi: O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasidan (lex.uz) hujjatning rasmiy matni, so'zma-so'z, avtomatik yangilanadi. Yuridik kuchga lex.uz dagi nashr ega: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun u yerdagi amaldagi tahrirni tekshiring.

---

Hujjat hali kuchga kirgan emas

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining

buyrugʻi

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3973]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PQ-170-son “Tibbiyot sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.

3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Vazir E. ADILOV

Toshkent sh.,

2026-yil 13-oktabr,

27-son

Kelishildi:

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV

2026-yil 9-sentabr

Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV

2026-yil 4-sentabr

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV

2026-yil 27-avgust

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 13-oktabrdagi 27-son buyrugʻiga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 28-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3745, 2026-yil 6-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2026-y., 10/26/3745/0019-son) bilan tasdiqlangan Farmakologik vositalar hamda dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:

“31. Klinik tadqiqot oʻtkaziladigan klinik baza:

qonunchilik hujjatlariga muvofiq statsionar tibbiy yordam koʻrsatish shaklida tibbiy faoliyat uchun litsenziyaga;

Oʻz DSt 2765:2018 “Yaxshi klinika amaliyoti” (GCP) standarti talablariga muvofiq sertifikatga ega boʻlishi lozim.”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 27-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3746, 2026-yil 7-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2026-y., 10/26/3746/0022-son) bilan tasdiqlangan Tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:

“31. Klinik tadqiqot oʻtkaziladigan klinik baza:

qonunchilik hujjatlariga muvofiq statsionar tibbiy yordam koʻrsatish shaklida tibbiy faoliyat uchun litsenziyaga;

Oʻz DSt 2765:2018 “Yaxshi klinika amaliyoti” (GCP) standarti talablariga muvofiq sertifikatga ega boʻlishi lozim.”.
