Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (1325-2-son)
05.10.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-oktabrda 1325-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23 va 24-sonlar, 168-modda) va Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha respublika komissiyasining 2005-yil 16-iyundagi 40-sonli yigʻilish bayonnomasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 15-yanvardagi 16 va 2004-13-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (2004-yil 15-mart, roʻyxat raqami 1325 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 11-son, 133-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh
2005-yil 26-sentabr,
91-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-sentabr,
2005-57-son
