Import shartnomalarini hisobga qoʻyish va ular toʻlovini xoʻjalik subyektlarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1514-son)
04.10.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 4-oktabrda 1514-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-martdagi 95-sonli “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirilganda chet el valyutasidagi mablagʻlarni ishlatilishi ustidan nazorat oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2003-yil 30-sentabrdagi 416-sonli “Eksport-import operatsiyalarining monitoringini oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan “Import shartnomalarini hisobga qoʻyish va ular toʻlovini xoʻjalik subyektlarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida” nizom tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-sentabr,
268-V-son;
Iqtisodiyot vaziri V. GOLIShEV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-sentabr,
64-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-sentabr,
94-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh
2005-yil 24-sentabr,
01-02/19-22-son
