Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (222-son)
06.10.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklardagi depozit hisobvaraqlaridan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-oktabr,
222-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda) 6-bandi uchinchi xatboshida “mablagʻlar mavjud boʻlgan hollarda, mehnatga haq toʻlash va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ehtiyojlar uchun naqd pulni” soʻzlari “banklarning depozit hisob raqamlarida mablagʻlar mavjud boʻlganda naqd pulni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishni ragʻbatlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 67-modda) 7-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 189-bandiga oltinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi qoʻshilsin:
“plastik kartochkalardan foydalanilgan toʻlovni qabul qilishdan bosh tortish”;
yettinchi—oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi—yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul tushumidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1995-yil 3-fevraldagi 29-son qarorining 1-bandi hamda qarorga ilova.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, 3-bandi hamda qarorga 1-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi korxonalarining barqaror faoliyatini taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 12-apreldagi 172-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 22-modda) 4-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) 3-bandi.
